Payme to‘qqiz oyda 26 mln dollardan ko‘proq sof foyda oldi

01.11.2026 19:29
O'zbekchaРусский
Payme to‘lov tashkiloti 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 316 mlrd so‘m (26 mln 216 ming dollar) sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 28 mlrd so‘mga yoki 10 foizga ko‘pdir.
Payme to‘qqiz oyda 26 mln dollardan ko‘proq sof foyda oldi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz

Payme aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi uchun moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya ushbu davrni 316 mlrd so‘m (26 mln 216 ming dollar) sof foyda bilan yakunlagan.

Kompaniya foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28 mlrd so‘mga yoki 10 foizga ko‘paygan.

Infografika: tanga.uz

Sof tushumi esa 257 mlrd so‘mga yoki 48 foizga ko‘payib, 792 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xarajatlar

Payme to‘lov tashkilotining to‘qqiz oylik davr xarajatlari 174 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 42 mlrd so‘mga yoki 32 foizga ko‘p.

Buning eng katta qismi, aniqrog‘i, 91 mlrd so‘mi sotish xarajatlariga to‘g‘ri kelib, mazkur xarajatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 86 foizga ko‘paygan.

Boshqa operatsion xarajatlari esa 70 foizga oshib, 50 mlrd so‘mga yetgan. Ma’muriy xarajatlari esa, aksincha, kamaygan.

O‘tgan yilning mos davrida kompaniyaning bu xarajati 54 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, joriy davrda 37 foizga kamayib, 34 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Kompaniya hisobot davrida 41 mlrd so‘m foyda solig‘i to‘lagan (o‘tgan yilning mos davrida 5 mlrd so‘m edi).

Avvalroq Paynet hamda Click kompaniyasining ham ushbu to‘qqiz oylik davr uchun moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot bergandik.

#paynet#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan