Oktyabr oyida narxlar qanday o‘zgardi?

06.11.2026 11:15
O'zbekchaРусский
Oktyabr oyida O‘zbekistonda tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,6 foizga qimmatladi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga teng. Yillik inflyatsiya darajasi esa 6,5 foizni tashkil etdi. Solishtirish uchun, o‘tgan yilning oktyabrida bu ko‘rsatkich 7,8 foizga teng bo‘lgandi.
Oktyabr oyida narxlar qanday o‘zgardi?

Foto: Yandex Maps

Milliy statistika qo‘mitasi oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha narxlar o‘zgarishini ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, ushbu oyda tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlagan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga teng.

Yillik inflyatsiya darajasi esa oktyabr oyida 6,5 foizni tashkil etdi. Bu may oyidan keyingi oylarda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Solishtirish uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida yillik inflyatsiya 7,8 foizga teng bo‘lgandi.

Oktyabr oyida narxlar oshishiga eng ko‘p oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklarning qimmatlashishi ta’sir ko‘rsatdi.

Ularning narxlari o‘zgarmaganida, oylik inflyatsiya taxminan 0,23 foizga teng bo‘lardi.

Narxlarning oshishi borasida hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi bo‘lgan. Poytaxtda bir oyda narxlar o‘rtacha 0,9 foizga oshgan.

  • Toshkent shahri — (+0,9%)
  • Samarqand — (+0,8%)
  • Navoiy — (+0,7%)
  • Toshkent viloyati — (+0,7%)
  • Andijon — (+0,6%)
  • Qashqadaryo — (+0,6%)
  • Surxondaryo — (+0,6%)
  • Sirdaryo — (+0,6%)
  • Qoraqalpog‘iston R. — (+0,5%)
  • Buxoro — (+0,5%)
  • Jizzax — (+0,5%)
  • Namangan — (+0,5%)
  • Farg‘ona — (+0,5%)
  • Xorazm — (+0,5%)

Oktyabr oyida narxi eng ko‘p oshgan xizmat metro yo‘l haqi bo‘lgan. Qo‘mita ma’lumotlarida uning narxi sentyabr oyiga nisbatan 26,1 foizga oshgani ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-oktyabrdan Toshkent shahrida avtobus va metro yo‘l haqi 47 foizga oshib, 2500 so‘mga yetgandi.

Qo‘mitaning izohlashicha, narxlar indeksini hisoblashda yo‘l haqini to‘lashning turli usullari inobatga olingan.

Avtobusda yo‘l haqi narxlari ham Toshkent shahrida 26,1 foizga oshgani ko‘rsatilgan. Umumiy respublika bo‘yicha esa narxlar 7,1 foizga oshgan.

Statistika qo‘mitasi kuzatuvlariga ko‘ra, oktyabr oyida narxi eng ko‘p oshgan 30 ta tovar va xizmatlar quyidagilar:

  • Metroda yo‘l haqi — (+26,1%)
  • Yangi uzilgan tarvuz — (+9,2%)
  • Yangi uzilgan bodring — (+9,0%)
  • Baqlajon — (+9,0%)
  • Yangi uzilgan pomidor — (+8,8%)
  • Yangi uzilgan bulg‘or qalampiri — (+8,7%)
  • Yangi uzilgan qovun — (+7,4%)
  • Shahar avtobusida yo‘l haqi — (+7,1%)
  • Teatr xizmatlari — (+6,2%)
  • Apelsin — (+6,1%)
  • Mandarin — (+5,5%)
  • Kartoshka — (+5,3%)
  • 98 markali benzin — (+5,3%)
  • 100 markali benzin — (+5,3%)
  • Tovuq tuxumi — (+5,2%)
  • Sovuq suv — (+4,7%)
  • Kanalizatsiya xizmatlari — (+4,7%)
  • Shaftoli — (+4,6%)
  • Sholg‘om — (+4,2%)
  • Yangi uzilgan xurmo — (+3,8%)
  • Karam — (+2,9%)
  • 95 markali benzin — (+2,6%)
  • Ko‘katlar — (+2,4%)
  • Lavlagi — (+2,3%)
  • Piyoz — (+2,2%)
  • Mol oyoqlari — (+2,1%)
  • Kserokopiya — (+1,9%)
  • Dudlangan kolbasa — (+1,8%)
  • Idish yuvish vositalari — (+1,7%)
  • Tovuq boldiri va son qismlari — (+1,6%)

Oktyabr oyida narxi eng ko‘p arzonlagan 20 turdagi tovar va xizmatlar:

  • Limon — (-15,0%)
  • Uzum — (-7,5%)
  • Turp — (-4,6%)
  • Olma — (-3,0%)
  • Mosh — (-2,6%)
  • Sarimsoq — (-2,5%)
  • Shakar — (-2,5%)
  • Qovoq — (-1,4%)
  • Ichki yo‘lovchi havo transporti — (-1,4%)
  • Banan — (-1,3%)
  • Kitob — (-1,0%)
  • Foydalanilgan avtomobillar — (-0,9%)
  • Ayollar uchun pidjaklar — (-0,6%)
  • Oq qand — (-0,3%)
  • Novvot — (-0,3%)
  • Ayollar uchun shimlar — (-0,3%)
  • Velosiped — (-0,3%)
  • Loviya — (-0,2%)
  • No‘xat — (-0,2%)
  • Ayollar uchun ko‘ylak — (-0,2%)

Bundan avval sentyabr oyida narxlar qanday o‘zgargani bo‘yicha ma’lumot bergandik.

#inflatsiya#oktyabr

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan