Olma marketning cheklari soni va keshbek summasi yil boshidan buyon qariyb 2 barobarga oshdi. Bu ma’lumot Soliq qo‘mitasi taqdim etgan infografikada keltirilgan.

Infografika: Soliq qo'mitasi
Olma Market cheklari soni avgust oyining o‘zida 8,1 foizga oshib, boshqa yirik supermarketlardan ham yuqori ko‘rsatkichga erishdi.
Keshbek summasi - bu xarid chekini soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazganda mijozga qaytarib beriladigan qismdir.
2024-yil oktyabr oyida Olma Marketi Makro‘ni cheklar soni bo‘yicha, 2025-yil aprel oyida esa keshbek summasi bo‘yicha ham ortda qoldirdi.
Hozirda Olma marketining eng yaqin raqobatchisi Havas hisoblanadi. So‘nggi paytlarda Makro‘ning cheklar sonida asosan pasayish kuzatilmoqda.
Xususan, avgust oyida cheklar soni 0,8 foizga kamaygan. Bu pasayish nafaqat Makro‘da, balki Havas, Baraka va Andalus’da ham kuzatilgan.
Raqobat fast-fud tarmoqlarida ham kuchaymoqda. Xususan, Evos cheklar soni bo‘yicha peshqadam bo‘lsa, KFC keshbek summasi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Oprepa Lavash’da esa avgust oyida biroz pasayish kuzatildi.
Yaqin kunlarda fast-fud raqobatiga yana ikkita yirik kompaniya qo‘shiladi.
Bular AQShning Burger King tarmog‘i hamda Janubiy Koreyaning Mom’s Touch tarmog‘i bo‘ladi.
