Markaziy bank qoshidagi fintex-ofis 2025-yilning IV choragida ochilishi kutilmoqda.
Bu ma’lumot Timur Ishmetovning fintex sohasini rivojlantirish bo‘yicha taqdimotida aks etgan.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov
Unga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha to‘liq funksiyalarga ega fintex-ofisni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Manba: Markaziy bank
Bundan tashqari, besh yil davomida 5 mingga yaqin talaba yoshlarni o‘qitish ko'zda tutilgan.
Yoshlarni o‘qitish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Markaziy bank tomonidan qoplanadi.

Manba: Markaziy bank
Ushbu dastur Singapur Milliy Universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshanbek Kadirov Markaziy bankning fintex bo‘yicha bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Regulyatorning mazkur bo‘limiga yaqinda ochilishi kutilayotgan fintex-ofis ham kiradi.
Avvalroq, O‘zbekistonda fintex sohasining hozirgi holati haqida ma’lumot bergandik.
