Bugun, 3-noyabr soat 10:00 da boshlangan Cobalt avtomobili uchun shartnoma rasmiylashtirish jarayoni ikki yarim soatdan so‘ng yakuniga yetdi.
Shu vaqt mobaynida modelning ikkita mavjud va ikkita yangi versiyasi uchun 100 mingta shartnoma rasmiylashtirildi.

Manba: UzAuto Motors
Shundan 99 493 tasi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar, 507 tasi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
UzAuto Motors kompaniyasi ma’lum qilishicha, shartnoma olganlar 7 kun ichida shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirishlari lozim.
Shuningdek, kompaniya onlayn tarzda tuzilgan shartnomalarda maxsus QR-kod mavjudligiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur QR-kod shartnomaning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Bunday QR-kodga ega bo‘lmagan shartnomalar haqiqiy emas.
Avvalroq, yangilangan Cobalt qanday ko‘rinishda bo‘lishi hamda unga qanday yangi funksiyalar kiritilgani haqida batafsil yozgandik.
