Makro supermarketlar tarmog‘i o‘sishni boshladi. Oktyabr oyida uning 1 mlndan ortiq cheklari Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Sentyabr oyida bu ko‘rsatkich 516 ming edi. Shunday qilib, tarmoq mazkur reytingda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Manba: Soliq qo'mitasi
Uning raqobatchilari Korzinka va Havas supermarketlari mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi.
Uchinchi o‘rinda esa Safia tarmog‘i joylashgan. 2024-yilning oktyabr oyidan beri bu o‘rinni Olma tarmog‘i egallab kelayotgan edi.
Biroq uning nomi oktyabr oyi reytingida ko‘rsatilmagan. Oktyabr oyida Daily (sobiq b1) tarmog‘i ham yaxshi natija qayd etdi.
Xususan, oktyabr oyida tarmoqning cheklari soni sentyabr oyiga nisbatan 2 barobar ko‘paydi.
Shuningdek, oktyabr oyida Baraka tarmog‘ining cheklari sentyabr oyiga nisbatan 2 barobar o‘sib, 638 mingtaga yetdi.
Supermarketlar orasida oktyabr oyida Assorti tarmog‘ining ham cheklari soni oshdi.
Xususan, uning cheklari soni sentyabr oyiga nisbatan 2,6 barobar ko‘payib, 392 mingtaga yetdi.
Birinchi va ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Korzinka hamda Havas tarmog‘ida sentyabr oyiga nisbatan o‘sish mos ravishda 2,1 barobar va 1,9 barobarga ko‘paydi.
Ma’lumot uchun, supermarketlar cheklari sonining bunday o‘sishida filiallar sonining ortishi ham muhim ro‘l o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, Magnum supermarketlari tarmog‘i O‘zbekiston bozorini tark etdi. Mamlakatdagi b1 tarmoqlari esa Daily nomiga o‘zgarmoqda.
.jpg)