Humans Visa kartalaridan asossiz pul yechib olinayotgani aytilmoqda

08.12.2025 13:36
tanga.uz o‘quvchilari Humans kompaniyasiga tegishli Humans Visa kartalaridan asossiz ravishda mablag‘ yechib olinayotgani haqida xabar bermoqda. Ularning aytishicha, kompaniyaning aloqa markazi bilan bog‘lanish imkonsiz bo‘lgan.
Humans Visa kartalaridan asossiz pul yechib olinayotgani aytilmoqda

Foto: Humans

tanga.uz o‘quvchilari Humans kompaniyasiga tegishli kartalardan asossiz ravishda pul yechib olinayotgani haqida xabar bermoqda. 

Ularning aytishicha, kompaniyaga tegishli Humans Visa kartalaridan asossiz ravishda pul yechib olingan. 

Foto: tanga.uz o'quvchilaridan

Vaziyatni oydinlashtirish maqsadida ular kompaniyaning aloqa markaziga murojaat qilishga urinishgan. Biroq, ularning so‘rovlariga javob berilmagan.

tanga.uz ham aloqa markazi bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi, biroq bog‘lanishning iloji bo‘lmadi. 

Ba’zi jabrlanuvchilar holatni Ichki ishlar orqali hal qilishga urinayotganini ma’lum qilishdi. 

Asossiz pul yechib olishlar qachon boshlangani noma’lum, ammo 6 kun avval Kun.uz bu haqda video e’lon qilgandi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, voqealar bir haftadan beri davom etmoqda. 

Shu vaqt mobaynida Humans kompaniyasi o‘zining rasmiy sahifalarida bu borada hech qanday tushuntirish bermagan. 

Kompaniyadan tashqari, regulyatorlar, xususan, Markaziy bank hamda Raqobat qo‘mitasi ham hozircha izoh bermagan.

Eslatib o'tamiz, 3-dekabr kuni Asia Alliance bank Humans kompaniyasini sudga berganini e’lon qilgandi

Ta’kidlanishicha, kompaniya 65 mlrd so‘mlik bank oldidagi qarzini to‘lamagan, shu bois bank masalani sud orqali hal etishga majbur bo‘lgan. 

Joriy yilning 14-iyul sanasida Octobank ham 500 mlrd so‘mlik qarzdorlikni undirish maqsadida sudga murojaat qilgan edi. Sud esa bank foydasiga qaror chiqargan edi. 

#humans#humans_visa

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar