MobiUz aloqa kompaniyasini sotib olish uchun uch nafar talabgor raqobatlashadi

03.01.2026 09:08
MobiUz aloqa kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda. Belgilangan muddatda eng yuqori qiymat va raqobatbardosh shartlarni taklif etgan uch nafar nomzod aniqlandi.
MobiUz aloqa kompaniyasini sotib olish uchun uch nafar talabgor raqobatlashadi

Foto: MobiUz

MobiUz kompaniyasini sotib olish uchun uch nafar talabgor raqobatlashadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi

Dastlab majburiyatsiz takliflar bosqichida 10 nafar talabgor saralab olingan edi. Majburiyatli takliflar bosqichida esa ularning yettitasi majburiyatli narx takliflari bosqichiga o‘tdi. 

Ma’lumot uchun, ushbu bosqichda talabgorlarga kompaniyaning moliyaviy, soliq va yuridik faoliyati bo‘yicha keng qamrovli tahliliy hisobotlar joylashtirilgan virtual ma’lumotlar xonasidan foydalanishga ruxsat beriladi. 

Shuningdek, ularga kompaniyaning operatsion faoliyati bilan batafsil tanishish, rahbariyat bilan uchrashish hamda qiziqtirgan masalalarni muhokama qilish imkoniyati yaratildi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar tomonidan kompaniyani sotib olish va uning kelajakdagi faoliyati bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitim imzolanadi. 

Majburiyatli taklif bosqichida talabgorlarning xalqaro tajribani hisobga olgan holda, eng yuqori sotib olish qiymati va bitimning boshqa muhim jihatlari bo‘yicha eng raqobatbardosh shartlarni taklif etgan 3 nafar talabgor aniqlandi. 

Mazkur talabgorlarga takliflarini yanada takomillashtirish uchun 2026-yil 23-yanvar soat 23:59 gacha qo‘shimcha muddat berildi. 

Eslatib o‘tamiz, MobiUz kompaniyadagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni 2025-yilning 9-iyun kuni boshlangan edi. 

Bloomberg nashrining yozishicha, O‘zbekiston MobiUz aloqa operatorini 300 mln dollarga sotishni rejalashtirmoqda. 

Ma’lumot uchun, 2025-yilning iyul oyida MobiUz abonentlari soni 8 mlndan oshgan edi. 

O‘zbekistonning mobil aloqa bozorida jami 35,6 mln abonent mavjud bo‘lib, shundan 20,9 foizi MobiUz hissasiga to‘g‘ri keladi.

#Mobiuz#xususiylashtirish

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar