2026-yil 14-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasi 1 mln 852 ming so‘mdan sotilmoqda. Bunda narxlar ketma-ket uchinchi kun rekordni yangiladi.

14.01.2026 / Manba: Markaziy bank
Taqqoslash uchun, oltin quyma narxlari so‘nggi uch kunda 2,8 foizga, o‘tgan yilning shu kuniga nisbatan esa 62 foizga oshgan.
Qadoq butun bo‘lgan holda, qaytarib sotib olish narxi sotish narxidan 3,9 foiz pastroq.
Oltinning jahon bozoridagi narxlari ham o‘z rekordini yangiladi. Xususan, qimmatbaho metallning 1 troy unsiyasi ilk bor 4 ming 600 dollardan oshib ketdi.
Ma’lumot uchun, oltin narxi 2025-yilda 60 foizdan ko‘proq o‘sishga erishdi. Ushbu o‘sish hisobiga mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari birinchi marta 65 mlrd dollardan oshdi.
Avvalroq, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025-yilda 98,2 tonna oltin ishlab chiqargani haqida xabar bergandik.
