Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2025-yilda 98,2 tonna oltin ishlab chiqardi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 96,1 tonna edi.
Ishlab chiqarilgan oltinning qiymati esa 135,6 trln so‘mga (11,25 mlrd dollar) yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan 2,8 trln so‘mga yoki 2,1 foizga ko‘pdir.
Mazkur o‘sish 2025-yil davomida oltin narxining sezilarli darajada ko‘tarilishi hisobiga ro‘y berdi.
Kombinatning boshqa ko‘rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd etildi. Xususan, yil mobaynida investitsiya doirasida 561 mln dollarlik mablag‘ o‘zlashtirildi.
Jalb qilingan mablag‘lar evaziga to‘rtta yangi tegirmon bloki ishga tushirildi va tegirmonlar soni o‘n ikkitaga yetkazildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda NKMK 96,1 tonna oltin ishlab chiqarib, bu borada dunyoda peshqadam bo‘lgandi.
Kombinatga Quvondiq Sanaqulov 2008-yildan buyon rahbarlik qilib kelmoqda. Kompaniya 2025-yilning birinchi yarmida 1,5 mlrd dollardan ortiq sof foyda oldi.
Kombinatning 100 foizlik ulushi davlatga, aniqrog‘i Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishlidir.
Avvalroq, O‘zbekiston 2025-yilning dastlabki 11 oyida 9,9 mlrd dollarlik oltin eksport qilgani haqida yozgandik.
