HUMO to‘lov tizimi 1-maydan SMS-xabarnoma narxi oshmasligini ma’lum qildi
To‘lov tizimiga ko‘ra, HUMO kartalari bo‘yicha 13131 raqamidan keladigan bitta SMS-xabarnoma qiymati 84,2 so‘m miqdorida saqlanib qoladi.
Avvalroq ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi Octotelecom kompaniyasi 1-maydan boshlab xizmat narxi ikki barobarga oshib, 168,4 so‘mga yetishini e’lon qilgandi.
Shundan so‘ng HUMO to‘lov tizimi kompaniyaga amaldagi tarifni saqlab qolish yuzasidan murojaat yuborgan.
Muzokaralar natijasida tomonlar joriy tarifni o‘zgarishsiz qoldirishga kelishib olgani ma’lum qilindi. Batafsil
Bankirlarning o'rtacha oylik ish haqi qariyb 19 mln so‘mga yetdi
2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln 826 ming so‘mni tashkil etdi.
Oylik maoshning yuqoriligi jihatidan hamon bank va sug‘urta sohasi peshqadamlik qilmoqda.
Mazkur sohada maoshlar so‘nggi besh yil ichida 2,2 baravarga oshib, 18,6 mln so‘mga yetgan. Batafsil
Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, asosiy stavka 2025-yilning 20-mart kuni 0,5 foiz bandga ko‘tarilib, 14 foiz darajasiga yetkazilgan edi. Batafsil
Undan keyingi davrda bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qolmoqda.
2026-yil yakuni bo‘yicha umumiy inflyatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Belgilangan 5 foizlik target darajasiga esa 2027-yil yakunida erishish maqsad qilingan.
Shu sababli noaniqliklar fonida qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish zarur deb topildi.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 17-iyunga belgilangan. Batafsil
Vladislav Lisov Garant Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Bu bo‘yicha tegishli qaror 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan bankning Kuzatuv kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Foto: Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar kanali
Tayinlov Markaziy bank tomonidan ma’qullangach, rasman kuchga kiradi.
Vladislav Vladimirovich Lisov bunga qadar Garant Bank’ning chakana biznes boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Batafsil
Mikroqarz va avtokredit foizlarining haftalik o‘zgarishi
2026-yil 27-aprel kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 28,7 foizni tashkil etdi.
.png)
So‘nggi bir hafta ichida mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,4 foiz bandga kamaygan.
Bu vaqt ichida avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 0,2 foiz bandga kamayib 22,6 foizni tashkil etdi
O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi besh oydagi eng past ko‘rsatkichga tushdi
Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 1-may kuni uchun dollar kursini 11 937,60 so‘m etib belgiladi.
Bu 2025-yil 5-dekabrdan keyingi davrdagi eng past ko‘rsatkichdir.
Belgilangan rasmiy kurs o‘tgan yilning mos davridagi kursga nisbatan 893 so‘mga arzonlagan.
Joriy yilda rasmiy kursning eng yuqori qiymati 10-fevralga to‘g‘ri kelib, o‘sha kuni 12 320,34 so‘m etib belgilangandi. Batafsil
Mazkur sohada maoshlar so‘nggi besh yil ichida 2,2 baravarga oshib, 18,6 mln so'mga yetgan.
I chorakda banklardagi muammoli kreditlar 1,8 trln so‘mga ko‘paydi
2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston bank tizimining kredit portfeli 19,3 trln so‘mga o‘sib, jami 623,3 trln so‘mdan oshdi.
Tizimdagi jami muammoli kreditlar hajmi yil boshiga nisbatan 1,8 trln so‘mga oshdi va qariyb 19,9 trln so‘mni tashkil qildi. Batafsil
Namanganda bank yuriskonsulti pora bilan qo‘lga tushdi
Namangan viloyatidagi tijorat banklaridan birining bosh yuriskonsulti xususiy klinikaning 16,2 mlrd so‘mlik muammoli krediti bo‘yicha garovga qo‘yilgan mulkini auksionga chiqarishni kechiktirish evaziga 3 ming dollar miqdorida pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Batafsil
ANORBANK o‘zining birinchi korporativ obligatsiyalarini chiqarmoqda
ANORBANK moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish maqsadida o‘z tarixidagi ilk korporativ obligatsiyalar emissiyasini muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Umumiy hajmi 50 mlrd so‘m va yillik kupon stavkasi 22 foizni tashkil etuvchi mazkur obligatsiyalar yaqin kunlarda ochiq obuna yo‘li bilan birja savdolariga chiqariladi. Batafsil
