Mobiuz aloqa kompaniyasi amerikalik investorlarga 351 mln dollarga sotildi

04.06.2026 07:45
O'zbekchaРусский
"Universal Mobile Systems" MChJning (MobiUz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi 351 mln dollarga sotildi. Xaridor AQShning McKim and Company boshchiligidagi moliyaviy investorlar hamda JVR Capital Group texnologik hamkori ishtirokidagi konsorsium bo‘ldi.
Mobiuz aloqa kompaniyasi amerikalik investorlarga 351 mln dollarga sotildi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

"Universal Mobile Systems" MChJning (MobiUz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi 351 mln dollarga sotildi.

Xaridor AQShning McKim and Company boshchiligidagi moliyaviy investorlar hamda JVR Capital Group texnologik hamkori ishtirokidagi konsorsium bo‘ldi.

Investorlar kompaniyaning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga 500 mln dollargacha investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, MobiUz mustaqil baholovchi tomonidan aniqlangan qiymatdan sezilarli darajada yuqoriroq narxda sotilgan. 

Sotuv samaradorligini ko‘rsatuvchi EV/EBITDA multiplikatori kompaniyada 7,4x ni tashkil etib, bu bitimning yuqori samaradorligini aks ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, MobiUz aloqa kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni 2025-yilning 9-iyun sanasida boshlangan edi.

Sal kam bir yil davom etgan xususiylashtirish jarayonida kompaniyani sotib olish uchun dastlab 15 ta investor qiziqish bildirgan.

Keyingi bosqichlarda investorlar orasidan eng yuqori narx va raqobatbardosh shartlarni taklif etgan uch nafar nomzod tanlab olingan edi.

Xususiylashtirish jarayoni boshlanganidan ko‘p o‘tmay hukumat kompaniyani 300 mln dollarga sotishni rejalashtirayotganini ma’lum bo'lgandi.

#Mobiuz#xususiylashtirish

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan