Xasanjon Muxamadovich Axmedov Xalq Banki boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Tegishli qaror 24-sentyabr kuni bank Kuzatuv kengashining yig‘ilishida qabul qilingan.
Axmedov mazkur lavozimda 2025-yilning fevral oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. Ungacha esa 2023-yildan buyon ushbu bankda kompleks rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda davlat banklarida boshqaruv raisi o‘rinbosarlari soni bir nafarga qisqartirilmoqda.
Avvalroq Mikrokreditbank, Turonbank hamda AloqaBank boshqaruv raisi o‘rinbosarlarining har biridan bir nafari lavozimidan ozod etilgan edi.
Har bir holatda ular boshqaruv a’zoligidan ham chiqarilgan. Tegishli bayonnomalarning barchasida ularning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgani ko‘rsatilgan.
Shuningdek, bayonnomalarda Markaziy bankning 2026-yil 4-sentyabrdagi 32-03/773-sonli xati orqali yuborilgan taklifiga rozilik berilgani qayd etilgan.
Mustaqil manbalarning ma’lum qilishicha, qolgan davlat banklarida ham shunday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
