Akmal Mansurov Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

16.11.2026 17:47
O'zbekchaРусский
Akmal Mansurov Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2024-yilning fevral oyidan 2026-yilning yanvar oyigacha Asia Alliance Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Akmal Mansurov Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Akmal Mansurov / Foto: Asia Alliance Bank

Akmal Mansurov Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tegishli qaror 12-noyabr kuni bankning Kuzatuv kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr kuni Apex Bank boshqaruvini Olga Numanova hamda Sharof Ikromov tark etgandi.

Olga Numanova (chapda) va Sharof Ikromov

Numanova bankda boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi, Ikromov esa boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Oradan ko‘p o‘tmay, Sharof Ikromovning Garant Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

Akmal Mansurov haqida

Akmal Shuhratovich Mansurov 1982-yilda tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent irrigatsiya institutining bakalavr bosqichini tamomlagan.

2005-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistraturasini bitirgan.

Bank tizimidagi mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zsanoatqurilishbankda boshlagan.

2018-yilgacha ushbu bankda turli lavozimlarda, jumladan, Mirzo Ulug‘bek filiali boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2018–2020-yillarda Art Wood Group hamda Almus Companies korxonalarida moliyaviy direktor lavozimida ishlagan.

2020-yilning iyun oyidan boshlab Asia Alliance Bank tizimida Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan.

2024-yilning fevral oyida mazkur bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlangan va 2026-yilning yanvar oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan.

#akmal_mansurov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan