1-sentyabrgacha O‘zbekistonda "open banking" tizimi joriy etiladi

28.11.2025 09:22
2026-yil 1-sentyabrgacha O‘zbekistonda "open banking" tizimi joriy etiladi. Mazkur tizim orqali banklar va moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi tizimdir.
1-sentyabrgacha O‘zbekistonda "open banking" tizimi joriy etiladi

Foto: googleapis.com

O‘zbekistonda fintex sohasini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrgacha mamlakatda "open banking" tizimi joriy etiladi. 

Open Banking – bu mijoz ruxsati asosida banklar va moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar (fintex) o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi tizimdir.

Bunda bank mijozining roziligi bilan uning hisobi qoldig‘i, tranzaksiyalari haqidagi ma’lumotlarni xavfsiz tarzda boshqa kompaniyalarga, xususan, fintex kompaniyalariga taqdim etadi.

Ushbu tizim orqali mamlakatda yangi moliyaviy xizmatlar ishlab chiqilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yakuniga qadar Markaziy bank qoshida fintex-ofis tashkil etilmoqda

Fintex sohani rivojlantirish dasturiga ko‘ra, 5 mingga yaqin talaba yoshlarni fintex bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan.  

Ushbu dastur Singapur Milliy Universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

Shuningdek, sohadagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar kapitalga ega venchur fond tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, 2026-yildan O‘zbekistonda barqaror tokenlar (stablecoin) bilan to‘lov qilish sinov tariqasida boshlanadi.

#open_banking#banklar#to'lov_tashkilotlari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar