Qaysi bank so‘mda eng daromadli omonat taklif qilmoqda?
Bugungi kunda tijorat banklarida yuzdan ortiq omonat mahsulotlari mavjud.
Ular asosan shartlari, jumladan, muddati hamda yillik foiz stavkalari bilan bir-biridan farq qiladi.
tanga.uz milliy valyutadagi (so‘m) barcha omonatlarni o‘rganib, ularni eng yaxshilari bo‘yicha tartiblab chiqdi. Ro'yxat
Ozarbayjon xalqaro banki Davr Bank aksiyalarining 74 foizini sotib olishi mumkin
8-iyun kuni Davr Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda aksiyadorlar bank aksiyalarining 51 foizini Ozarbayjon xalqaro bankiga (ABB) sotish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni va bitim shartlarini kelishib olishni ma’qulladi.
Shuningdek, tomonlarning keyingi kelishuvlariga muvofiq, Ozarbayjon xalqaro bankiga bank ustav kapitalidagi qo‘shimcha 23 foiz aksiyalar paketini sotib olish huquqini beruvchi opsion mexanizmini muhokama qilish imkoniyati ham ma’qullandi. Batafsil
Qaysi banklardan kredit karta olsa bo‘ladi?
Bugungi kunda bir qancha banklar o‘zining kredit karta mahsulotini taklif etmoqda.
tanga.uz banklar taklif etayotgan barcha kredit kartalarining ayrim shartlarini o‘rganib, ularni bir joyga jamladi.
Maqolada, shuningdek, kredit karta nima ekanligi, uning afzal va salbiy jihatlari hamda kartani olish jarayoni haqida tushuntirish berilgan. Ro'yxat
Farhod Inog‘omboyev Hayot Bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi
Oppenheimer & Co investitsiya banki (AQSh) boshqaruvchi direktorlaridan biri Farhod Inog‘omboyev Hayot Bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi.
Bu bo‘yicha tegishli qaror bankning yagona aksiyadori tomonidan qabul qilingan bo‘lib, Inog‘omboyev bilan 6 oy muddatga shartnoma tuzilgan.
Farhodjon Inog‘omboyev o‘z faoliyati davomida Uzdunrobita kompaniyasining yuqori lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. Batafsil
Asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank 17-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolishga qaror qildi.
Nazorat organi ushbu qarorni inflyatsion bosimlar va iqtisodiy faollikning yuqori darajada saqlanib qolayotgani bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, asosiy stavka 2025-yilning 20-mart sanasida 0,5 foiz bandga ko‘tarilib, 14 foiz darajasiga yetkazilgandi.
Undan keyingi davrda bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qolmoqda. Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 29-iyul kuniga belgilangan. Batafsil
Markaziy bank murojaatlar bilan eng yomon ishlayotgan banklarni e’lon qilib borishi mumkin
Markaziy bank mijozlar murojaatlari bilan ishlash sifatini baholash bo‘yicha yangi tizimni joriy etmoqda.
Endilikda fuqarolarning shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqish ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan banklar reytingi ochiq e’lon qilinishi mumkin.
Buning uchun regulyator birinchi marta banklarning murojaatlar bilan ishlash samaradorligini baholovchi maxsus indeks ishlab chiqdi.
Dastlabki natijalar kelayotgan haftaning o‘zida jamoatchilikka taqdim etilishi kutilmoqda.
Yaqin bir oy ichida ijtimoiy tarmoqlarda bank xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qiluvchi ikkita maxsus kanal ishga tushiriladi.
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, banklar kelib tushgan murojaatlarga munosabat bildirishi va muammoni bir soat ichida hal qilish choralarini ko‘rishi shart bo‘ladi. Batafsil
Bankomatlardagi nosozliklar uchun banklarga jarima joriy etiladi
6-avgustdan boshlab bankomatlarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun banklarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi.
Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, 2025-yil davomida bankomatlar orqali naqd pul yechish jarayonida 291 mingta nosozlik holati qayd etilgan. Bu 341 mln operatsiyaning taxminan 0,08 foizini tashkil etadi. Batafsil
