Banklar balansidagi mulklarni foizsiz, bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi
18-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tadbirkorlar kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, banklar balansidagi 9 trln so‘mlik 2,5 mingta mulk chegirmali narxlarda sotuvga qo‘yiladi.
Ularni boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz, bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Bu mulklarni sotib olgan tadbirkor bir yil davomida yer va mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Batafsil
Mehmonxona qurish uchun tadbirkorlarga 10 yil muddatga 16 foizli kredit beriladi
18-avgust kuni Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 mln dollar resurs ajratilishi ma’lum qilindi.
Tadbirkorlarga 10 yil muddatga, 16 foiz stavkada milliy valyutada kredit beriladi. Mehmonxonalar uchun yer va mulk solig‘ini 10 barobar kam stavkada to‘lash imtiyozi esa 2030-yilgacha uzaytiriladi. Batafsil
Bu hafta O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichga tushdi
Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 20-avgust kuni uchun dollar kursini 11 794,88 so‘m etib belgiladi.
Bu oxirgi uch yilda, aniqrog‘i, 2023-yil 10-avgustdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Bunda rasmiy kurs ketma-ket besh ish kuni davomida pasayib, shu muddat ichida 154 so‘mga arzonlagan.
Keyingi ikki kun mobaynida esa rasmiy kurs oshib, 24-avgust dushanba kuni uchun 11 853,55 so‘m etib belgilandi.
Universalbank umumiy qiymati 10 mln dollarlik obligatsiyalarni muomalaga chiqarmoqda
Universalbank umumiy qiymati 10 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan xorijiy valyutadagi korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarmoqda.
Obligatsiyalarning nominal qiymati 100 dollarni tashkil etib, ular 2 yil davomida muomalada bo‘ladi. Ushbu emissiya doirasida bank investorlarga yillik 8,5 foizli daromadlilik taklif qilmoqda. Batafsil
Hamkorbank sobiq rahbari Baxtiyorjon Jo‘rayev Hamkor Sug‘urta tashkiloti Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi
2021-yilning aprel oyidan 2026-yilning may oyiga qadar Hamkorbank boshqaruv raisi lavozimida ishlagan Baxtiyorjon Jo‘rayev Hamkor Sug‘urta tashkiloti Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi. Batafsil

Baxtiyorjon Jo‘rayev
Ayollar jamg‘arish borasida yetakchilik qilmoqda
O‘zbekistonda ayollarning jamg‘arma mahsulotlaridan foydalanish darajasi voyaga yetgan aholining umumiy ko‘rsatkichidan yuqori.
Bu haqda Markaziy bankning Moliyaviy ommaboplik bo‘yicha milliy indekslari hisobotida keltirilgan.
Hisobotga ko‘ra, ayollarning 6 foizida jamg‘arma yoki muddatli hisobvaraq mavjud. Voyaga yetgan aholi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich esa 4 foizni tashkil etadi.
Shu tariqa, ayollar orasidagi ko‘rsatkich umumiy darajadan 2 foiz bandga yuqori. Markaziy bank hisobotida bu holat alohida qayd etilib, jamg‘arish uchun ixtisoslashgan mahsulotlar bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ko‘rsatkich biroz yuqori ekani ta’kidlangan. Batafsil
Yangi tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
18-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Tadbirkorlar kuni munosabati bilan o‘tgan yig‘ilishda tadbirkorlar uchun bir qator imkoniyatlar berilishini ma’lum qildi.
Ulardan biri — yangi tadbirkorlar uchun 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish imkoniyatini yaratishdir. Bu imkoniyat “Biznes start” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yiladi.
Dastur yangi tadbirkorlarga biznesni boshlashdan to dastlabki bosqichlardan o‘tib olishgacha bo‘lgan davrda kompleks ko‘mak berishga qaratilgan.
Loyiha uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi. Dastur doirasida tadbirkorlarga tayyor biznes-reja asosida 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit berilishi belgilangan. Batafsil
.jpg)