Nizomiddin Abbosov BRB boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

25.10.2026 15:27
O'zbekchaРусский
2025-yilning dekabr oyidan buyon Biznesni Rivojlantirish Banki boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nizomiddin Abbosov lavozimidan ozod etildi.
Nizomiddin Abbosov BRB boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Foto: UzA

Nizomiddin Abbosov Biznesni Rivojlantirish Banki boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Tegishli qaror 23-oktyabr kuni bank kuzatuv kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Abbosov mazkur lavozimda 2025-yilning dekabr oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Mustaqil manbalarning ma’lum qilishicha, davlat banklarida bittadan boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilmoqda.

Bundan avval Mikrokreditbank, AloqaBank, Turonbank hamda Xalq Bankida ham shunday o‘zgarishlar bo‘lgandi.

Nizomiddin Abbosov haqida

Nizomiddin Ravshanovich Abbosov 1977-yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan.

2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida bank va boshqaruv tizimida bir qator lavozimlarda ishlagan.

2020-yilning fevral oyida Nizomiddin Abbosov Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga tayinlangan va ushbu lavozimda 2024-yilning yanvariga qadar faoliyat olib borgan.

Undan avval esa Xalq Banki boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

#BRB#nizomiddin_abbosov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan