Qaysi to‘lov tashkilotlarining ustavi minimal talabga yetmagan?

16.01.2026 06:17
2025-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tashkilotlarining minimal ustav kapitali 20 mlrd so‘m bo‘lishi kerak. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi 46 ta to‘lov tashkilotidan 5 tasining ustav kapitali belgilangan minimal miqdorga yetmagan.
Qaysi to‘lov tashkilotlarining ustavi minimal talabga yetmagan?

Foto: tanga.uz

Bugungi kunda O‘zbekistonda 46 ta to‘lov tashkiloti faoliyat yuritmoqda. 

Ular o‘z faoliyatini amalga oshirishda Markaziy bank tomonidan belgilangan bir qator talablarni bajarishlari lozim. 

Xususan, 2025-yilning 1-iyulidan boshlab ularning eng kam ustav kapitali 20 mlrd so‘m bo‘lishi kerak. 

Korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 16-yanvar holatiga quyidagi to‘lov tashkilotlarining ustav kapitali minimal miqdorga yetmagan:

  1. UPay — 11 mlrd so‘m
  2. Pay-Way — 11 mlrd so‘m
  3. Payload — 10 mlrd so‘m
  4. Yangi Payment — 5 mlrd so‘m
  5. UZEX — 3 mlrd so‘m

2025-yilning 13-avgustida ustav kapitalini minimal darajada shakllantirmagan to‘lov tashkilotlari soni 12 ta edi

Shu vaqt oralig‘ida LimonPay, Emit-Solution, Parapay, YuzPay, dpay, Cross Pay, Altapay hamda Xonsaroy Pay to‘lov tashkilotlari ustav kapitalini talab darajasiga yetkazishga erishdi. 

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, Markaziy bank 2025-yilda Yevrosiyo bankining, 2026-yil boshida esa Yangi Bankning litsenziyasini bekor qildi. 

Buning asosiy sababi sifatida ularning ustav kapitali belgilangan minimal talab darajasiga yetkazilmaganligi ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank TEZPAY va Milliy Pay to‘lov tashkilotlarining faoliyatini 2025-yil 13-noyabrdan boshlab olti oyga chekladi

Avvalroq, moliyaviy hisobotlarini ochiqlagan to‘lov tashkilotlarining 2025-yilning birinchi to‘qqiz oyida qancha sof foyda olgani haqida yozgandik.

#to'lov_tashkilotlari#ustav_kapital

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar