AloqaBank ustav kapitalini 845 mlrd so‘mga oshirmoqda
AloqaBank aksiyadorlari bank ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, bank nominal qiymati 1 so‘m bo‘lgan 845,3 mlrd dona oddiy aksiya chiqaradi.
Emissiyaning umumiy hajmi nominal qiymatda 845,3 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Joylashtirish muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, AloqaBank ustav kapitali 3 trln 363 mlrd so‘mga yetadi.
Bank ustav kapitalini oshirish to‘g‘risidagi qaror yoshlar biznesi dasturi doirasida qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, Ishonch do‘konlar tarmog‘ining asoschisi AloqaBank aksiyadorlaridan biri hisoblanadi. Batafsil
Renesans mikromoliya tashkiloti AQSh fondidan 12 mlrd so‘m kredit oldi
Renesans mikromoliya tashkiloti Amerikaning Central Asia Impact Fund xalqaro investitsiya fondi bilan bitim tuzdi.
Bitimga ko‘ra, tashkilot fonddan 12 mlrd so‘m kredit jalb qiladi.
Kreditning stavkasi, muddati va boshqa shartlari oshkor qilinmagan.
Jalb qilingan mablag‘lar tashkilotning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltirilishi mumkin.
1-may holatiga ko‘ra, Renesans tashkilotining kredit portfeli qoldig‘i 277,3 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Shundan 3,3 mlrd so‘mi yoki 1,2 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Batafsil
Adam Sentpeteri Ipoteka-bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
U 2023-yilning iyul oyidan buyon ushbu bankda boshqaruv raisining o‘rinbosari — Strategiya va moliya bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.

Adam Sentpeteri / Foto: Ipoteka-bank
2024-yil sentyabrdan buyon bankni boshqarib kelgan Sandro Rtveladze esa lavozimidan rasman ozod etildi. Batafsil
Mikroqarz va avtokreditlarning haftalik o‘zgarishi
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, 8-iyun kuni banklar kesimida aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 29,4 foizni tashkil etgan.
.jpg)
Avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 21,5 foizga teng bo‘lgan. Bu statistika e’lon qilina boshlaganidan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Bundan bir hafta oldin avtokreditlar o‘rtacha 21,7 foizdan, mikroqarzlar esa 29,2 foizdan taqdim etilgan. Banklar kesimida DavrBank nisbatan pastroq stavkada avtokredit ajratgan.
mybank kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi 50 foizdan oshdi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bankda NPL ulushining bunday keskin o‘sishi aprel oyiga to‘g‘ri keladi.
1-aprel holatiga ko‘ra, bankning kredit portfeli 399 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shundan 11 mlrd so‘mi (2,7%) muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
1-may holatiga kelib esa bankning kredit portfeli aprel oyida 185 mlrd so‘mga ortib, 584 mlrd so‘mga yetgan.
Muammoli kreditlari esa 286 mlrd so‘mga ko‘payib, kredit portfelidagi NPL ulushi 50,8 foizni tashkil etgan. Batafsil
Fitch O‘zbekistondagi yettita davlat bankining reyting prognozlarini oshirdi
Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri — Fitch Ratings O‘zbekistondagi davlat banklarining kredit reytingi bo‘yicha kutilmasini yaxshiladi.
Agentlik Turonbank’dan tashqari qolgan davlat banklarining kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi.
Turonbank’ning kredit reytingi esa agentlik tomonidan “BB-” darajasida tasdiqlangan.
Fitch Ratings davlat banklarining kredit reytingi ko‘p jihatdan O‘zbekistonning suveren reytingiga bog‘liqligini qayd etdi.
Agar mamlakatning suveren reytingi oshirilsa, banklar reytinglari ham ko‘tarilishi mumkinligi ta’kidlandi. Batafsil
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
U 2020-yildan beri bankni boshqarib kelgan Orif Butayevning o‘rnini egallaydi.

Malik Avazov / Foto: ANORBANK
Butayev 12-may kuni prezident qarori bilan qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Malik Avazov bunga qadar ANORBANK boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Batafsil
Chorvachilik loyihalari uchun 10 foizli kreditlar ajratiladi
2026-yil 1-iyuldan boshlab chorvachilik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi har yili tijorat banklariga 10 yil muddatga, yillik 6 foiz stavkada 1 trln so‘m resurs joylashtiradi.
Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Xalq banki va Mikrokreditbankka 10 yil muddatga, 4-yillik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz stavkada 50 mln dollar ekvivalentida mablag‘ ajratiladi.
Ushbu resurslar hisobidan tijorat banklari orqali yillik 10 foiz stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga:
- chorvachilik majmualari tashkil etish va nasldor chorva mollari xaridi uchun – 5 mlrd so‘mgacha
- nasliy buqalar urug‘ini yetishtirish korxonalari uchun – 20 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi
O‘zbekistonda aholining banklardan qarzdorligi rekord darajaga chiqdi — 230 trln so‘m
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatida aholi va biznesning banklar oldidagi umumiy qarzi 629 trln so‘mga yetdi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63,5 trln so‘mga yoki 11,2 foizga ko‘pdir.
E’tiborlisi, aynan aholi qarzdorligi tez sur’atlarda o‘smoqda.
Bir yil ichida aholining banklardagi kreditlari 190,4 trln so‘mdan 230,8 trln so‘mgacha ko‘payib, 21,2 foizlik o‘sish qayd etildi.
Agar 2020-yilda aholining banklardan olgan kreditlari atigi 43,8 trln so‘m bo‘lganini hisobga olsak, bugungi kunda mazkur ko‘rsatkich 5 baravardan ortiq oshgan.
Kredit hajmi bo‘yicha Toshkent shahri mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi.
Poytaxtda jami kreditlar qoldig‘i 290 trln so‘mdan oshgan bo‘lib, bu mamlakatdagi barcha kreditlarning qariyb yarmiga (46,1%) tengdir.
Markaziy bank may oyida 2 ta bankni jarimaga tortdi
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi may oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda 36 ta masala ko‘rib chiqdi. Ulardan 26 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, qonunchilik talablariga rioya etmaganligi, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llandi.
