Bank of Georgia banki egasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
Gruziyaning yirik bank guruhlaridan biri Lion Finance Group (Bank of Georgia egasi) O‘zbekiston va Qozog‘iston bank bozoriga kirishni rejalashtirmoqda.
Guruh noldan bank tashkil etishdan ko‘ra, bozorda mavjud bankni sotib olmoqchi.
Xolding bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, Lion Finance Group har ikki mamlakatning eng yirik beshta banklaridan birini sotib olish niyatida. Batafsil
Ipak Yuli Bank islomiy moliya kengashi a’zolarini saylash masalasini ko‘rib chiqmoqchi
2026-yil 25-sentyabr kuni Ipak Yuli Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibiga bankning ustav kapitalini kamaytirish, yarim yillik foydani taqsimlash hamda islomiy moliyalashtirish bo‘yicha kengash a’zolarini saylash masalalari kiritilgan. Batafsil
Asia Alliance Bank islomiy bank faoliatini islomiy darcha shaklida joriy etishga qaror qildi
Asia Alliance Bank aksiyadorlari bankda islomiy bank faoliyatini islomiy darcha shaklida yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.
Shuningdek, bank huzurida Islomiy moliya bo‘yicha kengash tashkil etilib, unga rais hamda ikki nafar a’zo saylandi.
Kengash a’zolari o‘z vazifalarini bajarishga Markaziy bankdan tegishli litsenziya olinganidan so‘ng kirishishi belgilandi. Batafsil
Endilikda har bir tumanda imtiyozli kreditlarni boshqaruvchi shtablar tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etilishini ma’lum qildi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal qilishda ko‘maklashadi. Shuningdek, shtablarga moliyalashtirish bo‘yicha keng vakolatlar beriladi.
Jumladan, kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, kreditni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirish masalalarini mustaqil hal qiladi. Batafsil
Avgust oyida dollar kursi qanday o‘zgardi?
2026-yilning avgust oyida O‘zbekiston milliy valyutasi so‘m dollarga nisbatan 1,7 foizga mustahkamlandi.
E’tiborli jihati, bu joriy yilda kuzatilgan eng yirik oylik mustahkamlanish bo‘lgan.
Oy boshida rasmiy kurs 11 960,18 so‘mni tashkil etgan va bu oy davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.
26-avgust kuniga kelib esa rasmiy kurs 11 778,52 so‘mni tashkil etdi.
Bu 2023-yilning 10-avgust sanasidan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘lgandi.
Avgust oyida AQSh dollari so‘mdan tashqari yana bir qator xorijiy valyutalarga nisbatan ham qadrsizlangan. Batafsil
Bank of Georgia O‘zbekistondagi qaysi bankni sotib olishi mumkin?
Gruziyaning Bank of Georgia banki egasi Lion Finance Group O‘zbekistondagi eng yirik beshta bankdan birini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Mavjud xususiylashtirish rejalari va davlat banklari maqomidan kelib chiqib, iqtisodchi Otabek Bakirov ehtimoliy nomzod sifatida Xalq Bankini ko‘rsatdi. Batafsil
Markaziy bank talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qildi
Markaziy bank iqtisodiyot, bank ishi, moliya, IT, yurisprudensiya va boshqa tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qildi.
Stipendiya miqdori kamida bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobarini tashkil etadi. Tanlovda bakalavriat va magistraturaning so‘nggi bosqichida kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.
Talabalar Markaziy bank bo‘linmalarida haftasiga 15 soatgacha amaliyot o‘tash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Nomzodlardan yuqori akademik ko‘rsatkich, davlat tilini mukammal bilish hamda rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida bilish talab etiladi.
Arizalar 11-sentyabrgacha Markaziy bankning Telegram boti orqali qabul qilinadi. Test sinovlari 15-sentyabrda, keyingi suhbatlar esa 16 va 18-sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Batafsil
Kredit tarixida muammosi bo‘lgan ehtiyojmand fuqarolarga ham imtiyozli kredit olish imkoniyati yaratiladi
3-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida kredit tarixida kechikishga yo‘l qo‘ygan ehtiyojmand aholi loyihalarini ham individual yondashuv asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratilishi ma’lum qilindi. Batafsil
Kredit shartlari biznes yo‘nalishidan kelib chiqib belgilanadi
3-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida kredit shartlari biznes yo‘nalishidan kelib chiqib belgilanishi ma’lum qilindi.
Jumladan, kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes turlarining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab belgilash zarurligi qayd etildi. Batafsil
