Poytaxt Bank Kuzatuv kengashiga DAS Holding vakillari kiritildi
17-fevral kuni Poytaxt Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bank Kuzatuv kengashining quyidagi a’zolari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishiga qaror qilindi:
- Farrux Vahobov — “Minor Tasty Foods” MChJ ta’sischisi
- Vosim Muhammad — Al Maryah Community Bank boshqaruvi raisi
- Tolibjon Mirzaqulov — Multibroker direktori
- Ulug‘bek Bahodirov — Humo to‘lov tizimi boshqaruvi raisi
- Farhod Shokirov — “Qurilish Industriya hajmli Uy-Joy” MChJ bosh direktori
Ularning o‘rniga quyidagilar bankning Kuzatuv kengashi a’zolari etib uch yil muddatga saylandi:
- Otabek Mustafoyev — “Finanex” MChJ direktori
- Sardor Hamdamov — “Goods For Kids” MChJ direktori
- Bahodir Saparov — Agat Credit MMT bosh moliya direktori
- Jaafar Valid — DAS Holding guruhi bosh yuriskonsulti
- Hasan Sayid — DAS Holding guruhi bosh moliya direktori

Skrinshot: Poytaxt bank
Yangi a’zolar Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng o‘z vakolatlarini amalga oshirishga kirishishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Poytaxt Bank aksiyalarining 100 foiziga Bond Investment Limited egalik qiladi.
Ushbu investitsiya kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining DAS Holding guruhi tarkibiga kiradi.
UZCARD 2025-yilda 104 mln dollar sof foyda oldi
UZCARD to‘lov tizimi 2025-yilda 1 trln 308 mlrd so‘m sof foyda oldi.
Bu kompaniyaning 2024-yildagi sof foydasidan 352 mlrd so‘mga ko‘pdir.

Infografika: tanga.uz
Kompaniyaning daromadi va xarajatlari 68 foizga oshgan.
Marketing xarajatlari qariyb 2,5 barobarga oshib, 153 mlrd so‘mga yetgan.
UZCARD daromadi va sof foydasi oshganiga qaramay, soliq xarajatlari kamayib, 6,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Hamkorbank tasischisining bankdagi ulsuhi ortdi
Ikram Ibragimovning Hamkorbank aksiyalaridagi ulushi oshdi.
O‘zgarishgacha Ibragimov bank aksiyalarining 59,21 foiziga egalik qilgan.
O‘zgarishdan so‘ng uning bankdagi ulushi 61,88 foizga yetdi.

Ikram Ibragimov / Foto: Yakkasaroy hokimiyati
Ikram Ibragimov bankning asosiy aksiyadori bo‘lish bilan birga, uning Kuzatuv kengashi raisi ham hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Hamkorbank aktivlari va kapitali hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik o‘nta bankdan biridir.
Mikroqarz va avtokreditlarning haftalik o‘zgarishi
2026-yil 24-mart kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 28,8 foizni tashkil etdi.
Bu statistika e’lon qilinishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
.jpg)
So‘nggi bir hafta ichida mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,5 foiz bandga pasaygan.
Bu vaqtda avtokredit stavkalari esa 0,1 foiz bandga pasayib, 22,7 foizni tashkil qildi.
Fevral oyida 11 ta bankka jarima sanksiyalari qo‘llanildi
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi fevral oyida 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkiloti chora qo‘llanishi haqida ogohlantirildi.
Bundan tashqari, sakkizta bankka oddiy aksiya bo‘yicha dividend to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi qo‘yildi.
Oson Dubay regulyatoridan neobank ochish uchun litsenziya oldi
Oson fintex xoldingi Birlashgan Arab Amirliklarida neobank tashkil etish uchun litsenziya oldi.
Ushbu huquq kompaniyaga 23-mart kuni Dubay Moliya xizmatlari boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan.
Bu xoldingga mamlakatda tartibga solinadigan moliyaviy va to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi.
Jumladan, kompaniya to‘lov hisobvaraqlarini ochish, foydalanuvchilar mablag‘larini boshqarish hamda chakana va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi.
2026-yilda kamida bitta tijorat bankida islomiy moliya xizmatlari bo‘limini ishga tushirish rejalashtirilmoqda
2026–2030-yillarda esa to‘liq islomiy bank faoliyatini yurituvchi ikkita bank tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bular hisobiga 1 mlrd dollar miqdorida investitsiya va depozitlarni jalb qilish kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berilgan.
2025-yilning birinchi to‘qqiz oyida ular 8,6 mlrd so‘mlik islomiy moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatdi.
Fevral oyida banklarning muammoli kreditlari 896 mlrd so‘mga ko‘paydi
Bu, asosan, davlat banklarida muammoli kreditlarning 923 mlrd so‘mga oshgani hisobiga yuz berdi.
Bu o‘sishga O‘zmilliybank (396 mlrd so‘m), SQB (331 mlrd so‘m), Asakabank (159 mlrd so‘m) hamda AloqaBank (99 mlrd so‘m) ko‘proq hissa qo‘shgan.
Boshqa banklarda esa muammoli kreditlar 27 mlrd so‘mga kamaygan.
Bu pasayishga Ipoteka-bank (-311 mlrd so‘m) ko‘proq ta’sir ko‘rsatdi. Batafsil
Endi Apex Bank orqali karta raqamini tanlash mumkin
Apex Bank o‘z mobil ilovasi orqali Uzcard kartalari uchun oltin raqam xizmatini ishga tushirdi.
Endi bank mijozlari chiroyli kombinatsiyaga ega kartani tanlay oladi.
Fitch Ratings Asakabank, SQB va O‘zmilliybank reytinglarini “BB” darajasida tasdiqladi
Fitch Ratings agentligi O‘zbekistonning uchta yirik banki — O‘zmilliybank, Asakabank va SQB reytinglarini “Barqaror” prognozi bilan “BB” darajasida tasdiqladi.
BB”reytingi — investitsiya darajasidan past bo‘lsa-da, risklar mavjudligini, biroq defolt ehtimoli hozircha yuqori emasligini va banklar o‘z majburiyatlarini bajara olishini anglatadi.
Banklarda 500 dollargacha bo‘lgan valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berilishi kutilmoqda
E’lon qilingan loyihaga ko‘ra, aholi tomonidan banklarda naqd chet el valyutasini sotib olish tartibini yengillashtirish rejalashtirilmoqda.
Hozirgi tartibga ko‘ra, fuqarolar 100 dollargacha bo‘lgan valyuta operatsiyalarini pasportsiz amalga oshirishi mumkin.
Loyihada esa bu chegara 500 dollargacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Oddiy qilib aytganda, agar hujjat qabul qilinsa, fuqarolar bankdan 500 dollargacha valyutani hech qanday shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etmasdan sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Trastbank va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida 20 mln dollarlik bitim imzolandi
Mablag‘lar oziq-ovqat, to‘qimachilik va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
