AVO Bank Kuzatuv kengashi tarkibida o‘zgarish yuz berdi
AVO Bank aksiyadorlari qarori bilan bank Kuzatuv kengashi a’zosi Andrey Jujlinning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.
Uning o‘rniga Dmitriy Babichev bankning Kuzatuv kengashi a’zo etib tayinlandi.
Babichev 1981-yil 13-sentyabrda Qozog‘istonda tug‘ilgan.
Qariyb 25 yillik mehnat faoliyati davomida Qozog‘istonning bir qator banklarida ishlagan. Batafsil
Trastbank Kuzatuv kengashi tarkibi 9 nafarga yetkazildi
Trastbank aksiyadorlari bank kuzatuv kengashi tarkibini 7 nafardan 9 nafarga oshirishga qaror qildi.
Shu munosabat bilan Mixail Davidkin hamda Jasurbek Ataniyazov bank Kuzatuv kengashi a’zosi etib tayinlandi.
Kengash a’zoligiga tayinlangan Jasurbek Ataniyazov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri hisoblanadi.
Mixail Davidkin esa ProCab korxonasi yuristi sifatida ko‘rsatilgan. Davidkin bundan avval ham Trastbank Kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan.
Bank saytidagi 2025-yil 20-fevral holatiga ko‘ra dolzarb ma’lumotda uning Kuzatuv kengashi a’zosi ekani qayd etilgan. Batafsil
1-iyulga qadar onlayn kreditlash platformasi ishga tushiriladi
Prezident qarori bilan 2026-yil 1-iyulga qadar onlayn kreditlash platformasi ishga tushiriladi.
Ushbu platforma tadbirkorlarga kredit olishda bir qator qulayliklar yaratishi aytilmoqda.
Jumladan, tadbirkor platforma orqali kredit olish uchun ariza topshiradi, bir nechta bankdan tijorat takliflarini oladi, ularni taqqoslab, o‘ziga ma’qulini tanlaydi.
Kichik va o‘rta biznes subyektlariga oid ma’lumotlar avtomatik tarzda olinib, banklarga taqdim etiladi.
Bu kredit berish jarayonida hujjat yig‘ish, ortiqcha vaqt sarflash va inson omilini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Batafsil
Mikroqarz va avtokredit stavkalarining haftalik o‘zgarishi
2026-yil 1-iyun kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 29,2 foizni tashkil etdi.
dsdsdsdsdsdsdssdsdddddddddddd.jpg)
Manba: Markaziy bank
So‘nggi bir haftada mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,1 foiz bandga oshgan.
Bu vaqt ichida avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 0,3 foiz bandga kamayib, 21,7 foizga teng bo‘lgan.
Avtokreditlar o‘rtacha stavkasi statistika e’lon qilina boshlaganidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga tushgan.
Bu hafta dollar kursi so‘nggi olti oydagi eng past ko‘rsatkichga tushdi
Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 3-iyun kuni uchun dollar kursini 11 934,64 so‘m etib belgiladi.
Bu 2025-yil 4-dekabrdan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Belgilangan rasmiy kurs o‘tgan yilning mos davridagi kursga nisbatan 843 so‘mga arzonlagan.
Joriy yilda rasmiy kursning eng yuqori qiymati 10-fevralga to‘g‘ri kelib, o‘sha kuni 12 320,34 so‘m etib belgilangandi.
O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlari hajmi 8 barobarga oshdi
2026-yilning birinchi choragida mikromoliya tashkilotlari 11,2 mlrd so‘mlik islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatdi.
.jpg)
Infografika: tanga.uz
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 barobarga oshgan.
2024-yil iyul oyi oxirida mikromoliya tashkilotlariga besh turdagi islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilgan edi.
2026-yilgacha asosan islomiy moliyaning murobaha xizmati ko‘rsatib kelingan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida islomiy ijara hamda muzoraba xizmatlari bo‘yicha moliyalashtirish hajmi ham ortdi. Batafsil
TBC Bank OLX e’lonlar platformasining nazorat paketini rasman sotib oldi
TBC Bank OLX Uzbekistan platformasining nazorat paketini rasman sotib oldi. Raqobat qo‘mitasi bitimga oldindan rozilik berib, bir qator talablar qo‘ydi.
Jumladan, OLX platformasida to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanuvchilarni faqat Payme hamda TBC Bank mobil ilovalaridan foydalanishga majburlamaslik talab qilingan.
Shuningdek, ularning raqobatchisi bo‘lgan boshqa to‘lov ilovalariga ham teng sharoitlar yaratish choralari ko‘rilishi belgilangan.
OLX platformasining qolgan 49 foiz ulushini sotib olgan kompaniya hamda platformaning O‘zbekiston bozoriga kirib kelish tarixi haqida batafsil:
Aprel oyida banklarning muammoli kreditlari 2 trln so‘mga ortdi — tahlil
Joriy yil boshidan buyon birorta oyda bunday keskin o‘sish kuzatilmagan edi.
Natijada oy oxiriga kelib, bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3,5 foizga yetdi.

Manba: Markaziy bank
Aprel oyida O‘zmilliybank (+485 mlrd so‘m), Kapitalbank (+439 mlrd so‘m) va Agrobank’da (+351 mlrd so‘m) muammoli kreditlar sezilarli darajada ortgan.
Quyida banklarning kredit portfeli, muammoli kreditlari hamda ularning o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Batafsil
Poytaxt Bank kafillik bitim ortidagi korporativ aloqalar
1-iyun kuni Poytaxt Bank Goods For Kids korxonasining majburiyatlari yuzasidan 1,22 mln dollar miqdorida kafillik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
E’tiborli jihati, kafillik berilayotgan korxonaning ta’sischisi bank kuzatuv kengashi raisining o‘rinbosari Sardor Hamdamov hisoblanadi.
Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng bank bu borada izoh berdi. Batafsil
O‘zbekiston banklarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi — tahlil
O‘zbekiston tijorat banklarining ijtimoiy tarmoqlardagi jami auditoriyasi 3,6 mln nafardan oshdi.
Bankers.uz tahlillariga ko‘ra, banklar uchun Instagram eng yirik qamrov maydoniga, Telegram esa asosiy muloqot kanaliga aylangan.
Raqamli makondagi umumiy yetakchilikni esa TBC Bank, Anorbank va Uzum Bank o‘z qo‘lida saqlab turibdi. Batafsil
Endilikda ijodkorlarga ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi
Endilikda har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at xodimlari bilan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuvda ma’lum qildi. Batafsil
.jpg)