ANORBANK korporativ obligatsiyalar sotuvini 13-maydan boshladi
Ushbu obligatsiyalarning umumiy qiymati 50 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Har birining nominal qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan jami 500 ming dona obligatsiya chiqarilgan.
Obligatsiyalar bo‘yicha daromad kupon shaklida to‘lab boriladi.
Kupon stavkasi yillik 22 foizni tashkil etib, to‘lovlar har 90 kunda amalga oshiriladi.
Ushbu qimmatli qog‘ozlarning muomala muddati 3 yilni tashkil etadi.
Muddat yakunida obligatsiya egalari asosiy qarz summasini ham qaytarib oladi. Batafsil
Mikrokreditbank raisi Orif Butayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi
Orif Butayev Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, u ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimini ham egalladi.

Orif Butayev / Foto: MKBANK
Butayev tayinlovga qadar 2020-yildan buyon Mikrokreditbank boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Orif Aliboyevich Butayev 1983-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.
Mutaxassisligi - bank ishi, investitsiyalarni boshqarish. Uning 20 yildan ortiq mehnat faoliyati haqida batafsil:
Hamkorbank boshqaruv raisi o‘zgardi
Hamkorbank boshqaruvi raisi o‘zgardi. Bu o‘zgarish haqida Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar kanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, Rafal Yushchak Hamkorbank boshqaruv raisi etib tayinlangan.
Shu vaqtgacha bankni boshqarib kelgan Baxtiyorjon Jo‘rayev esa boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.

Rafal Yushchak va Baxtiyor Jo‘rayev
Ayrim mustaqil manbalarning yozishicha, Jo‘rayev o‘z xohishiga ko‘ra bank boshqaruv raisi lavozimidan bo‘shagan.
Rafal Yushchak hamda Baxtiyorjon Jo‘rayevning mutaxassisligi va mehnat faoliyati haqida batafsil:
Markaziy bank aprel oyida ikkita bankni jarimaga tortdi
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi aprel oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda 30 ta masalani ko‘rib chiqdi.
Ularning 15 tasi tijorat banklarining muhim ahamiyatga ega xodimlari nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq.
Markaziy bank shu oyda 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘lladi.
Bunga faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab bo‘lgan. Batafsil
Feruz Azimov Poytaxt bank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Tayinlov Markaziy bank tomonidan ma’qullangach, rasman kuchga kiradi.

Feruz Azimov / Foto: Markaziy bank
Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Dilshod Po‘latov Poytaxt Bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgan edi.
Feruz Azimov tayinlovga qadar Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Uning mutaxassisligi hamda mehnat faoliyati haqida batafsil:
Poytaxt Bank boshqaruv raisiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bank Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra, Davron Isroilov Poytaxt Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Davron Isroilov
Shuningdek, Shaig Gaziyev boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bankning bosh buxgalteri Anvarjon Abdullayev esa lavozimidan ozod etildi. Batafsil
Mikrokreditbank boshqaruvi vaqtincha Ikrom Jumaniyozov zimmasiga yuklatildi
Orif Butayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Mikrokreditbank’ni vaqtincha boshqarish Ikrom Jumaniyozov zimmasiga yuklatildi.
Jumaniyozov yangi rahbar tayinlanguniga qadar bankni vaqtincha boshqarib turadi. U 2022-yildan buyon mazkur bankda boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Ikrom Jumaniyozov / Foto: MKBANK
Eslatib o‘tamiz, 2020-yildan buyon bankni boshqarib kelgan Orif Butayev 12-may kuni Prezident qarori bilan Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan edi. Batafsil
Markaziy bank bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga chaqirdi
Markaziy bank tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlarini bankomatlar bilan bog‘liq muammolarga yondashuvni o‘zgartirishga chaqirmoqda.
Nazorat organi bankomatda karta qolib ketsa yoki ortiqcha komissiya ushlab qolinsa, bu oddiy texnik nosozlik sifatida qaralmasligi kerakligini ta’kidlagan.
Regulyator banklarga bunday murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish, mijozni sarson qilmaslik, tushunarli axborot berish va ayrim holatlarda mablag‘larni avtomatik qaytarish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Batafsil
Qaysi bank kartalarining raqamini chiroyli qilib tanlash mumkin?
Hozirda bu xizmat UZCARD kartalari uchun SQB va Apex Bank’da mavjud.
Raqam toifasiga qarab, har xil narxlar belgilangan: oddiy kombinatsiyalardan tortib, noyob va murakkab raqamlar uyg‘unligiga ega premium variantlargacha.
Bunday yondashuv mijozlarga kartani shaxsiylashtirish darajasini mustaqil tanlash imkonini beradi. Batafsil
Buxorolik ayol firibgarlarga omonatdagi 1 mlrd so‘mdan ortiq pullarini o‘g‘irlatdi
Buxorolik buxgalter ayol o‘zini Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan firibgarlarning bitta qo‘ng‘irog‘iga ishonib, to‘rtta bankdagi jami 1 mlrd 9 mln so‘m omonatidan ayrildi.
Firibgarlar o‘g‘irlangan pullarni murakkab "drop-karta" sxemasi orqali respublikaning turli hududlardagi bankomatlaridan naqdlashtirib olgan. Batafsil
Toshkentda mijozning 500 ming dollar omonatini o‘zlashtirgan bank xodimlari ushlandi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi banklardan birining mas’ul xodimlari mijozga tegishli 500 ming dollar miqdoridagi omonat mablag‘larini qalbaki hujjatlar asosida o‘zlashtirgani fosh etildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Batafsil
AloqaBank o‘zining ilk yevroobligatsiyalarini joylashtirdi
AloqaBank 300 mln dollarlik yevroobligatsiyalar emissiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Mazkur bitim doirasida qimmatli qog‘ozlar yillik 7,7 foiz stavka bilan 5 yil muddatga joylashtirildi. Batafsil
Qirg‘izistonga pul yuborish imkonini beruvchi bank ilovalari soni bittaga ko‘paydi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida pul o‘tkazmalarni amalga oshiruvchi banklar qatoriga SQB ham qo‘shildi.
Quyida UZCARD-ELCARD pul o‘tkazmalari amalga oshirsa bo‘ladigan mobil ilovalar:
- xazna (Xalq Banki)
- Unired (Universalbank)
- MAVRID (MKBANK)
- SQB Mobile (SQB)
1-iyundan chorvachilik uchun yillik 10 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda chorvachilik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari belgilab olindi.
Unga ko‘ra, 1-iyundan boshlab tijorat banklari chorvachilik loyihalari uchun yillik 10 foiz stavkada kredit ajratadi.
Ushbu kreditlar 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga berilishi belgilangan. Batafsil
