Davr Bank nazorati Ozarbayjon bankiga o‘tdi. Endilikda bank ABB Davr nomi ostida faoliyatini davom ettiradi
Ozarbayjon Xalqaro banki (ABB) O‘zbekistondagi Davr Bank aksiyalarining 51 foizlik nazorat paketini sotib oldi.
Shu tariqa, Davr Bank faoliyatini ABB Davr brendi ostida davom ettiradi. Bank O‘zbekistonda korporativ va chakana mijozlarga universal moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi.

Foto: ABB
Loyiha 2026-yil 23-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokidagi onlayn marosimda rasman ishga tushirilgan. Batafsil
Davr Bank nazorat paketini sotib olayotgan eng yirik Ozarbayjon banki haqida nimalar ma’lum?
O‘zbekistondagi xususiy banklardan biri — Davr Bank aksiyalarining 51 foizi Ozarbayjon Xalqaro bankiga (ABB) sotilmoqda.
ABB davlat banki bo‘lib, uning aktivlari mamlakat bank tizimining to‘rtdan bir qismiga tengdir.
tanga.uz ushbu bankning faoliyat ko‘rsatkichlari, aksiyadorlari va Ozarbayjon bank tizimidagi o‘rnini o‘rgandi. Batafsil
O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlari yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatish istagidagi banklarga litsenziya berish jarayoni boshlangan, ayni damda litsenziyalash ishlari ketmoqda.

Sanjar Nosirov / Foto: TXIF
Nosirovga ko‘ra, dastlab mamlakatda an’anaviy banklar tarkibida islomiy moliya xizmatlarini taqdim etuvchi darchalar paydo bo‘lishi, ular orqali yil oxirigacha islomiy moliya xizmatlari ko‘rsatila boshlanishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi bu hafta so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichga tushdi
Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 26-avgust uchun dollar kursini 11 778,52 so‘m etib belgiladi.
Bu oxirgi uch yilda, aniqrog‘i, 2023-yil 10-avgustdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Bunda rasmiy kurs ketma-ket ikki ish kuni davomida pasayib, shu muddat ichida 75 so‘mga arzonladi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning 26-avgust kuni 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 12 305,80 so‘mni tashkil etgandi.
Bu bir yil ichida rasmiy kursning 527 so‘mga pasayganini ko‘rsatadi. Keyingi kunlarda rasmiy kurs biroz tushdi. 2-sentyabr kuni uchun rasmiy kurs 11 820,48 so‘m etib belgilangan.
O‘zbekistonda yettita bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda yettita bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bular — Agrobank, Asakabank, Ipak Yuli bank, Orient Finans Bank, Open bank, Hayot Bank va Apex Bank.
Ularning ayrimlari bank faoliyati doirasida islomiy moliya xizmatlarini joriy etishni, boshqalari esa islomiy darcha ochish yoki alohida yuridik shaxs sifatida islomiy mikromoliya bankini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Batafsil
O‘zbekistonda mobil telefon raqam orqali bank hisobiga pul yuborish imkoniyati yaratiladi
O‘zbekistonda aholiga bank kartasi yoki hisobvaraq raqamini kiritmasdan, telefon raqami orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazish imkoniyati yaratilmoqda.
Bu bo‘yicha Markaziy bank tegishli qoidalarni ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, foydalanuvchi o‘z telefon raqamini bankdagi hisobvarag‘iga bog‘laydi.
Pul jo‘natish uchun esa oluvchining telefon raqamini kiritish kifoya qiladi. Tizim telefon raqami orqali oluvchining ismini va bankini aniqlaydi.
Jo‘natuvchi ma’lumotlarni tekshirib, o‘tkazmani tasdiqlaydi. Bitta mobil telefon raqamini faqat bitta bank hisobvarag‘iga bog‘lash mumkin bo‘ladi. Yangi qoidalar 2026-yil 26-noyabrdan kuchga kiradi. Batafsil
Navfal Po‘latov Asakabank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Po‘latov tayinlovga qadar ushbu bankning bosh ofisida Yuridik departament direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Navfal Po‘latov / Foto: Bankxabar
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil fevral oyidan Asakabank boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan Qudratilla To‘laganov 2026-yil fevral oyida Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi.
Shu kundan buyon Asakabank boshqaruv raisi lavozimi vakant e’lon qilingan va hozirgacha bo‘sh turibdi. Batafsil
Davr Bank oddiy aksiyalari besh yildan ortiq vaqt o‘tib yana birjada savdoga qaytdi
Davr Bank aksiyalari besh yildan ortiq vaqt o‘tib Toshkent fond birjasida yana savdoga qaytmoqda. Bank aksiyalari bilan savdolar 28-avgustdan qayta tiklanadi.
2021-yilning fevral oyida aksiyadorlar soni bo‘yicha birja talablariga javob bermagani sababli Davr Bank aksiyalari kotirovka ro‘yxatidan chiqarilgandi. Batafsil
Dollar nega tushmoqda? Iqtisodchi asosiy sabablarni tushuntirdi
O‘zbekistonda uzoq yillar davomida so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi odatiy hol bo‘lib kelgan. Biroq so‘nggi ikki yilda vaziyat o‘zgardi — so‘m aksincha mustahkamlanmoqda.
Mustahkamlanish tashqi savdo defitsiti yuqori bo‘lib turgan bir paytda yuz bermoqda.
Xo‘sh, bunga nimalar sabab bo‘lmoqda? Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev so‘mning mustahkamlanishiga ta’sir qilayotgan omillarni tahlil qildi. Batafsil

Mirkomil Xolboyev. Foto: Dinor / YouTube
Rossiya rubli uch oyda o‘zbek so‘miga nisbatan qariyb 20 foizga qadrsizlandi
Rossiya rublining o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy kursi uch oydan ko‘proq vaqt ichida qariyb 20 foizga qadrsizlandi.
2026-yilning 22-mayida rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 169,53 so‘mni tashkil etgandi.
Oradan uch oydan ko‘proq vaqt o‘tib, 28-avgustga kelib rasmiy kurs 32,8 so‘mga arzonlab, 136,73 so‘mga tushgan.
Ma’lumot uchun, ushbu davrda AQSh dollari rublga nisbatan 21,4 foizga mustahkamlangan. Batafsil
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar sotuvga chiqarildi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus esdalik oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqarildi.

Foto: Markaziy bank
Tangalar 999,9 probali sof oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, har birining vazni 31,1 grammni tashkil etadi.

Foto: Markaziy bank
Dastlab 450 dona oltin va 800 dona kumush esdalik tangalari sotuvga chiqarilgan. Batafsil
