Bu hafta bank tizimida yuz bergan eng muhim yangiliklar — dayjest

18.10.2026 13:16
O'zbekchaРусский
Bu hafta (12-oktyabrdan 18-oktyabrgacha) O‘zbekiston bank tizimida bir qator yangiliklar e’lon qilindi. Davr Bank kuzatuv kengashi yangilanib, boshqaruvga ikki nafar ABB vakili kiritilgani, soxta qo‘ng‘iroqlar orqali 8 mln dollarni o‘zlashtirgan guruh aniqlangani shular jumlasidandir.
Bu hafta bank tizimida yuz bergan eng muhim yangiliklar — dayjest

Fotokollaj: tanga.uz

2027-yildan banklar kredit qarzini undirishda mijozning kartalarida kamida 680 ming so‘m qoldiradi

2027-yil 10-yanvardan boshlab banklar mijozning roziligisiz kredit yoki kafillik bo‘yicha qarzdorlikni undirganda, uning bank kartalarida muayyan miqdordagi mablag‘ni saqlab qolishi shart bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra, kartalarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga teng (bugungi kunda 680 ming so‘m) mablag‘ qoldirilishi kerak. Batafsil

Markaziy bank sentyabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi sentyabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortdi.

Bunga prudensial normativlar va qonunchilik talablariga rioya etilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar sabab bo‘lgan. Batafsil

Avgust oyida banklarning muammoli kreditlari qanday o‘zgardi?

Avgust oyida O‘zbekiston banklarining muammoli kreditlari 95 mlrd so‘mga oshib, 24 trln so‘mga yetdi.

Davlat banklarida bu ko‘rsatkich 256 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa, boshqa banklarda 350 mlrd so‘mga ortgan.

Banklar kesimida eng sezilarli pasayish Mikrokreditbank (-144 mlrd so‘m) hamda SQBda (-108 mlrd so‘m) kuzatilgan.

Eng sezilarli o‘sish esa Anorbank (+165 mlrd so‘m) hamda Hamkorbankda (+68 mlrd so‘m) qayd etilgan. Batafsil

Ipak Yuli Banki mikromoliya sektoriga kirmoqda

2-oktyabr kuni Ipak Yuli Banki o‘zining Ipak Yuli Finance mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Yangi tashkilotning ustav kapitali 25 mlrd so‘mni tashkil etib, uning yuridik manzili sifatida bankning bosh ofisi ko‘rsatilgan. Batafsil

Iqtisodchi Botir Qobilov InFinBank Kuzatuv kengashi tarkibiga kirdi

Texas universiteti professori Botir Qobilov InFinBank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi.

Botir Qobilov. Foto: Gazeta.uz / YouTube

Uning vakolatlari uch yillik muddat yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishigacha davom etadi.

Ma’lumot uchun, iqtisodchi Otabek Bakirov 2025-yilning aprel oyidan buyon ushbu bank kuzatuv kenasining mustaqil a’zosi hisoblanadi. Batafsil

Davr Bank kuzatuv kengashi tarkibi yangilandi, boshqaruvga esa ikki nafar ABB vakili kiritildi

9-oktyabr kuni Toshkent shahrida Davr Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilish ABB bankning nazorat paketini sotib olganidan so‘ng yangi aksiyadorlar qatnashgan ilk yig‘ilish bo‘ldi.

Unda aksiyadorlar bank kuzatuv kengashi tarkibini to‘liq yangilab, boshqaruvga ikki nafar ABB vakilini kiritdi.

Aynur Suleymanli (chapda) va Geybat Gadirov

Shuningdek, bank nomini o‘zgartirish ma’qullanib, uni ABB Davr savdo belgisiga almashtirishga qaror qilindi. Batafsil

Toshkentda soxta qo‘ng‘iroqlar orqali 8 mln dollar o‘zlashtirgan jinoiy guruh aniqlandi

Toshkent shahrida banklar nomidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgan va nomlariga onlayn kreditlar rasmiylashtirgan jinoiy guruh aniqlandi.

Guruh a’zolari orasida yirik banklardan birining kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi ham bo‘lgan. Ular firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan 8 mln dollar miqdoridagi mablag‘ni kriptovalyutaga aylantirib, xorijga olib chiqishgan. Batafsil

Banklarning mijozlar murojaatlari bo‘yicha antireytingi qanday o‘zgarmoqda?

Markaziy bank joriy yildan boshlab har chorakda mijozlar murojaatlari bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega tijorat banklari ro‘yxatini e’lon qilib kelmoqda.

Infografika: tanga.uz

Uchinchi chorakda InFinBank hamda Ipoteka-bank reytingdan chiqishga erishgan. Hayot Bank hamda Turonbank esa uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha reytingga yangi qo‘shilgan. Batafsil

Dollar kursi yil boshidagi darajaga qaytdi

17-oktyabr kuni amalda bo‘ladigan dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 055,90 so‘m etib belgilandi.

Bunda rasmiy kurs o‘n ish kunidan buyon ketma-ket ko‘tarilib, shu muddat ichida 284 so‘mga qimmatladi.

Shu davrda so‘m dollarga nisbatan 2 foizga qadrsizlandi. Bu rasmiy kursning yil boshidagi darajaga qaytganini ko‘rsatadi.

#bank_dayjest

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan