Apex bank 100 mlrd so‘mlik obligatsiya chiqarishga qaror qildi
Apex Bank 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarmoqda.
Emissiya muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, bu bank chiqargan ilk obligatsiyalar bo‘ladi.
Bank ushbu emissiya doirasida investorlarga yillik 19 foiz daromad taklif etmoqda. Batafsil
O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirildi
Google kompaniyasining vakili Marsin Krasuski O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirilganini e’lon qildi.
Kompaniyaning rasmiy saytida ham O‘zbekiston xizmat mavjud bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Biroq ushbu ro‘yxat internetdagi saytlar va mobil ilovalar orqali to‘lov qilish imkoniyatiga taalluqlidir.
Do‘konlarda Google Wallet orqali telefonni kontaktsiz to‘lov terminaliga yaqinlashtirib to‘lash mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida esa O‘zbekiston hozircha yo‘q. Batafsil
Xalq Sug‘urta tashkiloti Davaktiv tasarrufiga o‘tkazildi
Xalq Sug‘urta aksiyadorlik jamiyati Xalq Bankidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Bu sug‘urta kompaniyasini xususiylashtirish bo‘yicha ilk qadamlar tashlanganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan Xalq Sug‘urta AJ 2026–2027-yillarda ommaviy savdoga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxatiga kiritilgan. Batafsil
O‘ziga kredit olishni taqiqlab qo‘yganlar soni 3 millionga yaqinlashdi
1-oktyabr holati bo‘yicha O‘zbekistonda 2 mln 841 mingdan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqlab qo‘ygan.
Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 19 barobar, yil boshidagi ko‘rsatkichdan esa 6,5 barobar ko‘pdir.
Xizmatdan eng ko‘p 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar foydalangan. Eng kam ko‘rsatkich esa 56 yoshdan katta fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Batafsil
O‘zbekiston banklari to‘qqiz oyda qancha sof foyda olgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston tijorat banklari 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 15 trln 263 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi.

Infografika: tanga.uz
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 trln 387 mlrd so‘mga yoki 40 foizga ko‘pdir. Foydaning bunday o‘sishiga Ipoteka-bank salkam 2 trln so‘mlik hissa qo‘shgan.
Ushbu davrda mavjud 34 ta bankdan 24 tasining moliyaviy natijasi yaxshilangan, qolgan 10 tasining esa sof foydasi kamaygan yoki moliyaviy zarar qayd etgan.
O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashiga yangi rais saylandi
Moldovalik mutaxassis Serjiu Choklya O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashining raisi etib saylandi.

Foto: Serjiu Choklya
Ungacha 2024-yildan buyon moliya vazirining sobiq o‘rinbosari Odilbek Isoqov kengashga raislik qilib kelayotgandi. Batafsil
Prezident kredit olishdagi ortiqcha hujjatlarni qisqartishni topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kredit olish jarayonidagi ortiqcha talablar saqlanib qolayotganini tanqid qildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, hozirda kredit olish uchun 102 turdagi hujjat so‘ralayotgan bo‘lib, shularning 53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasining kreditga aloqasi yo‘q. Batafsil
Bank hisobvarag‘ini xorijga chiqish pasporti orqali ham ochish imkoniyati yaratildi
Markaziy bank bank hisobvaraqlarini ochish tartibiga o‘zgartirish kiritdi.
Endilikda hisobvaraq ochishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xorijga chiqish pasportidan ham foydalanish mumkin. Batafsil
Raqobat qo‘mitasi mikroqarz shartnomasini o‘qimaslik oqibatlaridan ogohlantirdi
Raqobat qo‘mitasi mikroqarz shartnomalarini o‘qimaslik kutilmagan moliyaviy majburiyatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Qo‘mita tahlil qilgan shartnomalardan birida 19 mln 656 ming so‘mlik qarzning 6 mln so‘mdan ortig‘i operator haqi sifatida ushlab qolingani ma’lum bo‘lgan. Batafsil
Dollar kursi hafta davomida 217 so‘mga arzonladi
24-oktyabr kuni amalda bo‘ladigan dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11 838,92 so‘m etib belgilandi.
Bunda rasmiy kurs ketma-ket besh ish kuni davomida tushib, shu muddat ichida 217 so‘mga arzonladi.
Bu so‘mning shu vaqt ichida AQSh dollariga nisbatan 1,8 foizga mustahkamlanganini ko‘rsatadi.
E’tiborlisi, 6-oktyabrdan 17-oktyabrgacha bo‘lgan davrda dollar kursi o‘n ish kuni davomida faqat ko‘tarilib, shu vaqt ichida 283 so‘mga qimmatlagan edi.
Shunday qilib, keyingi ish kunlarida rasmiy kurs yana 66 so‘mga arzonlasa, oy boshidagi darajaga qaytadi.
Markaziy bank 1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlari rad etdi
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 1 mln so‘mlik banknota muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Markaziy bank o‘z sahifalarida bunga rasmiy izoh berib, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Mazkur ma’lumot asossiz bo‘lib, yolg‘on va feyk ekanligini ma’lum qilamiz. U haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — deyiladi regulyator izohida.
Ma’lumot uchun, yangi namunadagi banknotalar muomalaga chiqarilishi va ular haqidagi rasmiy ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan e’lon qilinadi. Batafsil
