Toshkentda bank mas’ullari mijozning omonatga qo‘ygan 300 ming dollar mablag‘ini o‘zlashtirgani aniqlandi
Toshkent shahrida tijorat banklaridan birining mas’ul shaxslari fuqaroning mazkur bankka omonatga qo‘yilgan 500 ming dollaridan uning nomidan soxta ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish orqali 300 ming dollarini o‘zlashtirib, talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Batafsil
Banklar va mijozlar o‘rtasida qo‘shimcha muloqot maydoni yaratildi
Markaziy bank tijorat banklari hamda ularning mijozlari uchun “Bankda nima gap?” muloqot maydonini yaratdi.
Ushbu loyiha orqali bank xizmatlaridan foydalanishda uchrayotgan muammo, savollar va noqulayliklar haqida xabar berish mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar tegishli bankka yetkazilib, ular bo‘yicha tegishli bankdan izoh olinadi va muammoning qanday hal etilgani ham ko‘rsatib boriladi. Batafsil
Mikrokreditbank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi qariyb 10 foizga yetdi
Iyul oyida Mikrokreditbank muammoli kreditlari hajmi 486 mlrd so‘mga ko‘payib, 2 trln 282 mlrd so‘mga yetdi.
.jpg)
Infografika: tanga.uz
Natijada bank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi 7,9 foizdan 9,9 foizga ko‘tarildi. Bu davlat banklari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Batafsil
Sodir Melibayev Mikrokreditbank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
2025-yil oktyabr oyidan buyon Mikrokreditbank boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Melibayev Sodir Adilovich o‘z xohishiga ko‘ra mazkur lavozimdan ozod etildi.

Sodir Melibayev / Foto: Markaziy bank
Melibayev bungacha 2023-yil iyulidan 2025-yil oktyabrigacha Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Batafsil
1-oktyabrdan fuqarolar bank kartalarini my.gov.uz orqali boshqarishi mumkin bo‘ladi
1-oktyabrdan my.gov.uz portalida quyidagi yangi xizmatlar ishga tushadi.
- Ko‘chmas mulk va avtomobillarni garovga yoki ipotekaga qo‘yish, ularni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni bekor qilish.
- Telefon raqamlarini ko‘rish, vaqtincha o‘chirish yoki qayta yoqish, foydalanilmayotgan raqamni yopish hamda ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish.
- Bank kartalari haqida ma’lumot olish, kartani bloklash yoki yopish uchun bankka ariza yuborish.
- Notarial harakatlar fuqaro nomiga rasmiylashtirilganda, bu haqda avtomatik xabarnoma olish. Batafsil
Mikrokredtibank kuzatuv kengashi tarkibi yangilandi
Mikrokreditbank kuzatuv kengashi tarkibidan uch nafar a’zo — Umidjon Muydinov, Behzod Hoshimov va Aram Kazaryan chiqarilib, ularning o‘rniga to‘rt nafar mustaqil a’zo saylandi.
Yangilangan kengash 9 nafar a’zodan iborat bo‘lib, ularning beshtasi mustaqil a’zolardir. Kengash tarkibiga kiritilgan a’zolar haqida batafsil:
ANORBANK aksiyadori atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi
So‘nggi kunlarda ANORBANK aksiyadorlaridan biri Interpol qidiruviga berilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bank matbuot xizmati bu bo‘yicha tanga.uz nashriga izoh berib, alohida aksiyadorning shaxsiy hayotidagi holatlar bank faoliyati, uning kapitali, boshqaruvi yoki bank operatsiyalari bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi.
Shuningdek, bank odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettirayotgani hamda bankka doir ma’lumotlar uning rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishi aytilgan. Batafsil
Davlat banklariga tadbirkorlar uchun 20 ta yangi mahsulot taklif qilish topshirildi
Prezident raisligida Andijonda o‘tkazilgan yig‘ilishda bank tizimi va tadbirkorlarni kreditlash bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilandi.
- Endilikda 500 mln so‘mgacha bo‘lgan biznes loyihalarni kreditlashda biznes-reja talab etilmaydi. Kredit real pul oqimiga qarab ajratiladi.
- Lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnoma kichik tadbirkor uchun kredit garovi sifatida qabul qilinadi.
- Eksportbop mahsulot uchun xomashyo xaridiga beriladigan kreditlarda sug‘urta polisining o‘zi garov sifatida yetarli bo‘ladi.
- To‘qqizta davlat bankiga bir oy ichida tadbirkorlar biznesini rivojlantirishga ko‘maklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif qilish topshirildi.
- Mahalla bankirlari yangi bank mahsulotlari haqida aholi va tadbirkorlarga tushuntirish berib boradi.
- Tayyor mahsulot eksportchilariga kredit foizlarining bir qismi uch yil davomida kompensatsiya qilinadi. Batafsil
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yil boshidan buyon eng past ko‘rsatkichga tushdi
25-sentyabr kuni Markaziy bank o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quyma narxi 9 mln so‘mdan pastlab, 8 mln 994 ming so‘mni tashkil etgan.

Manba: Markaziy bank
Bu yil boshidan buyon, aniqrog‘i 9-yanvardan keyingi eng past ko‘rsatkichdir.
Solishtirish uchun, 3-mart kuni 5 grammlik quyma narxi 10 mln 864 ming so‘mga yetib, rekord qayd etilgandi.
Narxlar shundan buyon 17 foizga pasaygan. Biroq o‘tgan yilning mos davridagi narxlar bilan taqqoslaganda 19 foizga yuqori bo‘lib turibdi.
Davriy Bank aksiyadorlari oktyabr oyida bank nomi va rahbariyat tarkibini yangilash masalasini ko‘rib chiqadi
9-oktyabr kuni Toshkent shahrida Davr Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish kun tartibidan bank nomini o‘zgartirish, kuzatuv kengashi va boshqaruv tarkibini yangilash, dividend siyosatini tasdiqlash hamda boshqa masalalar o‘rin olgan. Batafsil
