Alisher Mirzayev Tenge Bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi
Mirzayev O‘zbekiston bank tizimida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis sanaladi.

Alisher Mirzayev / Foto: Kapitalbank matbuot xizmati
U o‘z faoliyati davomida Kapitalbank va Ipak Yuli Bank boshqaruv raisi, shuningdek, Hamkorbank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Batafsil
Markaziy bank iyun oyida 21 ta bankni jarimaga tortdi
Bunga qonunchilik talablari buzilgani hamda inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab bo‘lgan. Batafsil
Xalq banki o‘zining Xazna brendini targ‘ib qilish uchun 9 mlrd so‘mlik tender e’lon qildi
Xalq banki o‘zining Xazna brendi ostidagi mahsulot va xizmatlarini targ‘ib qilish uchun boshlang‘ich qiymati 9,16 mlrd so‘m bo‘lgan tashqi reklama xizmatlari bo‘yicha tender e’lon qildi.
G‘olib kompaniya reklama materiallarini 12 oy davomida joylashtiradi. Tender bo‘yicha takliflarni qabul qilish 22-iyul kuni yakunlanadi. Batafsil
Islomiy bank faoliyatini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi
Adliya vazirligi islomiy banklarni va mavjud banklarda “islomiy darcha”larni litsenziyalash tartibini belgilovchi hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Hujjat bilan Islomiy moliya kengashi, rahbar xodimlar va AAOIFI sertifikatlariga qo‘yiladigan talablar ham tasdiqlandi. Batafsil
Prezident Markaziy bank va davlat banklari rahbarlari faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirdi
Prezident raisligida o‘tayotgan iqtisodiy o‘sish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida banklarning mahallalardagi faoliyati tanqid qilindi.
Davlat rahbari Markaziy bankning hududiy rahbarlari va davlat banklari filiallari boshliqlari faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirib, keyingi uch oy natijasiga qarab rahbarlar faoliyatiga baho berilishini ma’lum qildi. Batafsil
ANORBANK ustav kapitalini 50 mlrd so‘mga oshirmoqda
ANORBANK ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali 50 mlrd so‘mga oshirmoqda. Buning uchun bank nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan 50 mln dona oddiy aksiya chiqaradi. Batafsil
O‘zbekiston banklari yarim yilda qariyb 11 trln so‘m sof foyda oldi — tahlil
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari 2026-yilning birinchi yarmida jami 11 trln so‘m sof foyda oldi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 4,5 trln so‘mga yoki 69 foizga ko‘pdir.
.jpg)
Infografika: tanga.uz
Mavjud 34 ta bankning 25 tasi moliyaviy natijasini yaxshilagan bo‘lsa, 8 tasining sof foydasi kamaydi. Bitta bank esa ushbu davrni zarar bilan yakunlagan. Batafsil
Akmal Bakiyev ANORBANK boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Akmal Akramovich Bakiyev ANORBANK boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bakiyev ushbu tayinlovga qadar mazkur bankning boshqaruvchi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. Batafsil
Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U, shuningdek, bankning risklar bo‘yicha direktori vazifasini ham bajaradi.

Foto: Oleksandr Simeykoning shaxsiy arxividan
Simeyko ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida asosan banklarda risklarni boshqarish sohasida ishlagan. Batafsil
Ipak Yuli Bank umumiy qiymati 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiya chiqarmoqda
Ipak Yuli Bank umumiy qiymati 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarmoqda.
Obligatsiyalar bo‘yicha yillik kupon stavkasi 20 foiz etib belgilangan. Ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgach, ochiq obuna orqali birja savdolariga chiqariladi. Batafsil
Parrandachilik loyihalari uchun 10 foizli kreditlar ajratiladi
2026-yil 1-avgustdan boshlab parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish uchun yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratila boshlanadi.
Kreditlar Mikrokreditbank orqali 10 yilgacha muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Batafsil
